14:46 / 11.07.2015
4980

Amerikalik onkolog yolg‘on tashxislari uchun 45 yilga qamaldi

AQShda o‘z yolg‘on tashxislari bilan mijozlarrning sog‘ligiga zarar yetkazishda ayblangan onkologga 45 yillik qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda CNN telekanali xabar qildi.

Aniqlik kiritilishicha, Farid Fata ismli ushbu shifokor Detroyt shahrida asab xastaliklari bo‘yicha tashxis qo‘yish bilan shug‘ullangan. U sog‘ odamlarga ham saraton xastaligi tashxisini qo‘yib, ularga ximiyaterapiya qilishni buyurgan va ularning sog‘ligiga jiddiy zarar tahdid qilgan.

"Men Gippokrat qasamini buzdim va mijozlarimning ishonchini poymol qildim. Men bu aybimni qanday yuvishni ham bilmayman. Men bu qilmishimdan qattiq afsusdaman va qanchalik uyalayotganimni so‘z bilan izohlab bera olmayman", deb iqror bo‘ladi jinoyatchi shifokor.

Prokurorlar uni "mamlakatning birinchi raqamli firibgari" deb atashgan. Undan o‘zi qo‘ygan yolg‘on tashxislar orqali sug‘urta kompaniyalaridan olgan 17,6 mln dollar undirib olingan.

Top