14:07 / 11.07.2015
2355

Angrenda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

8 iyul kuni Toshkent viloyati Angren shahar “Issiqlik manbai” korxonasida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘uloti “Boshqaruv organlari va FM tuzilmalarining texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishdagi harakatlari” mavzusida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni oldini olish, sodir bo‘lganda aholini muhofazasini ta'minlash va moddiy boyliklarni asrash bo‘yicha “Issiqlik energiyasi” korxonasi a'zolarining malakalarini oshirish, qolaversa, favqulodda vaziyatlarda korxona rahbarlar tarkibini va fuqaro muhofazasi tuzilmalari shaxsiy tarkibining xarakatlarini to‘g‘ri tashkil etish hisoblanadi.

Bo‘lib o‘tgan tadbirning yakuniy hulosalariga ko‘ra “Issiqlik energiyasi” korxonasi rahbarlar va fuqaro muhofazasi tuzilmalari shaxsiy tarkibi favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga “Cheklangan tayyor” deb baholandi.

Top