09:22 / 11.07.2015
5879

AQSh armiyasi bosh shtabi boshlig‘i Rossiya bilan to‘qnashuv vaziyatida Yevropaga yuborish uchun kuchlarni kengaytirishni taklif qildi

AQShning Rossiya bilan to‘qnashuvi vaziyatida Yevropaga yuborishga tayyor bo‘ladigan AQSh qo‘shinlarining soni jiddiy ravishda ko‘paytirilishi kerak, deb aytdi AQSh quruqlikdagi qo‘shinlari shtabi boshlig‘i Reymond Odiyerno The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida.

Odiyernoning aytishicha, AQSh qo‘shinlari, maxsus texnika, jumladan tanklar va zihrli piyoda mashinalarini Germaniyada joylashtirish kerak. Bu texnikalar maksimal tezlik bilan Yevropada kuchlarni yoyishga imkon beradi.

Reymond Kolorado shtatida joylashgan 4-piyoda diviziyasini Yevropaga jo‘natish maqsadida tayyorgarlikdan o‘tkazishga tayyorligini ta'kidlab o‘tdi.

Top