18:35 / 11.07.2015
9301

"Chan-xom" tayfuni Xitoyga yetib keldi

Tinch okeani tomondan "Chan-xom" tayfuni Xitoyning sharqiy qirg‘oqlariga kelib urildi. Bu haqda "Sina" portali ma'lum qilgan.

Xabarda aytilishicha, tayfunning asosiy kuchi Chjyetszyan viloyatidagi Chjoushan shahriga zarba bergan. Meteorologlar bu hududda shamol kuchi soniyasiga 45 mertni tashkil qilayotganini aytishgan.

Biroz oldinroq, shu tayfun kelishi arafasida Xitoyning sharqiy qirg‘oqlari hududidan 960 ming kishi evakuatsiya qilingani haqida xabar berilgandi.

Xavflilik darajasi yuqori hududlarda 600 aviareys bekor qilingan, aeroportlar yopilgan. Shuningdek, dengizda qatnovlar to‘xtatilib, 30 mingga yaqin kema va qayiqlar portlarga qaytarilgan. Qolaversa, uzoq masofaga qatnovchi poyezd hamda avtobuslar harakati to‘xtatilgan.
“Chan-xom" tayfuni shu haftaning o‘zida Xitoyga daxl qilayotgan ikkinchi tayfun hisoblanadi. 9 iyul kuni ham Xitoy janubiga "Lyanxua" tayfuni yopirilgan va undan 1,6 mln kishi jabrlangandi. Bu tayfun keltirgan zarar 1,3 mlrd yuan (213 mln dollar)ga baholangan.

Top