01:54 / 11.07.2015
17664

Islom Karimov Putinning diplomatligiga yuqori baho berdi

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Ufada bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi davomida Putinning diplomatik qobiliyatlariga yuqori baho berdi va Ufadagi ob-havoning mo‘'tadilligi, shahar aholisining o‘ziga xosligi va shahardagi bunyodkorlik ishlariga to‘xtalib o‘tdi.

“Ufa men uchun mutlaq kutilmagan voqelik bo‘ldi. Men Qozonda, boshqa shaharlarda bo‘lganman, lekin Ufada birinchi marta bo‘lishim. Bu yerdagi iqlim ham o‘ziga xos. Ertalabdan yomg‘ir yog‘moqda. Bu iqlim biz uchun noodatiyroq. Bu iqlimni balki kimdir ko‘tara olmasa kerak, biroq bizda hozir Toshkentda 40 gradus, janubiy hududlarda esa undan ham yuqoriroq harorat bo‘lgan bir paytda bunday ob-havo bir so‘z bilan aytganda Xudoning marhamatidek tuyuladi va bizga juda ham xush keladi. Bu yerning odamlari ham o‘ziga xos. Bu yerdagi imoratlar, binolar Ufaning o‘z milliy qiyofasiga ega zamonaviy shahar ekanligidan darak beradi. Men sizning ko‘pgina shahar va viloyatlaringizga havasim keladi, ular keyinchalik sizning o‘z qarashingizdan kelib chiqib u yoki bu katta miqyosdagi anjuman yoki uchrashuvni qabul qiladi. Kecha biz uchrashuv haqda gapirayotgandik, bugun esa ShHT yig‘ilishi haqida gap ketmoqda. Kecha men jurnalistlar yo‘g‘ida aytgandim va hozir ular oldida yana bir bor qaytaraman – kechagi uchrashuv o‘ziga xos noyob voqea bo‘ldi, chunki unda 4 qit'a vakillari uchrashdilar. Bunday noyob uchrashuvni faqatgina Putin o‘tkaza olishi mumkin. Men o‘z so‘zlarimning haqiqatligiga to‘liq ishonaman, chunki buning uchun nafaqat rahbar, balki katta diplomat ham bo‘lish kerak. Va men sizni bu bilan tabriklayman”, deb aytdi Islom Karimov Putin bilan suhbati chog‘ida.

Top