00:52 / 11.07.2015
2949

Poroshenko 10 nafar ukrainalik jangchilarning ozod etilganini ma'lum qildi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko asirga tushgan 10 nafar ukrainalik jangchi ozod etilganini ma'lum qildi.

“Do‘stlar, yaxshi yangilik. Asirdan 17-tank brigadasi, “Aydar” bataloni, 40- va 43-brigadadan bizning 10 nafar yigitlarimiz ozod qilindi”, deb yozdi Poroshenko o‘zining Facebook dagi sahifasida.

“Tez fursatlarda ular oilalari bag‘riga qaytadi”, deb ta'kidlab o‘tdi Ukraina prezidenti.

Top