15:36 / 11.07.2015
3701

Telegram asoschisi: "Telegram foydalanuvchilari faolligi so‘nggi 2 oy ichida 3 barobarga oshgani raqobatchilarni “esdan og‘dirmoqda”"

Telegram messenjeri o‘zining koreyalik raqobatchisi Line ilovasining shikoyati sababli Google Play’dan uch soatga o‘chirib yuborildi. Bu haqda Telegram asoschisi Pavel Durov o‘zining tvitter sahifasida ma'lum qildi.

Durov shikoyatning mazmuni nimadan iborat ekani haqida ma'lum qilmagan.

“Telegram  Line messenjerining shikoyati sababli bir necha soatga Play Store’dan o‘chirib yuborildi. Hozirda Osiyodagi klasterga kuchli hujum bo‘lmoqda”, – deb yozgan Durov o‘z tvitterida.

O‘zining keyingi tvitida Durov Telegram foydalanuvchilari so‘nggi ikki oy ichida 3 barobarga oshgani, shu sababli raqobatchilar “esdan og‘ayotganini” ma'lum qildi.

Birozdan so‘ng, servisning rossiyalik foydalanuvchilari ham messenjerdagi muammolar haqida ma'lum qilishgan va bu ma'lumotni Durov ham tasdiqlagan. 

Top