00:24 / 12.07.2015
3746

Fil sirk tomoshasi paytida 2 metrlik balandlikdan yiqilib tushishi oqibatida tomoshabinlarni bosib qolishiga bir bahya qoldi

Belarusning Mogilyov shahrida sirk tomoshasi paytida fil 2 metrlik balandlikka zinalardan ko‘tarilib, oldindan tayyorlangan tomoshani ko‘rsatishi kerak bo‘lganda qoqilib ketib, shovqin-suron bilan yerga qulab tushdi.

Fil shundoqqina birinchi qatorning yoniga dumalab tushgan. Jonivor o‘zi mustaqil ravishda tura olmay, sahnaning chetida ojizona holda yonboshlab qolgan.

Birinchi qatorda o‘tirgan tomoshabinlar fil yiqilib ketganda juda qo‘rqib ketishgan. Guvohlar tomonidan olingan videoda qichqiriqlar va bolalar yig‘isi eshitilib turibdi.

Guvohlarning aytishlaricha, ushbu noxush voqea oqibatida hech kim jabr ko‘rmagan, filning o‘ziga esa zudlik bilan yordam ko‘rsatilgan.

Top