16:04 / 12.07.2015
4224

Kasilyasning onasi "Barselona"ni "Real"dan farqli ravishda jyentlmen kishilar boshqarishini aytdi

"Real" jamoasini tark etib, "Portu"ga yo‘l olgan Iker Kasilyasning onasi Mari Karmen o‘z o‘g‘liga nisbatan adolatsizlik qilindi, deb hisoblamoqda.

"O‘g‘lim "Portu"da o‘ynaydigan bo‘ldi? O, xudoyimey! Bu haqida eshitganimda, Iker Rimda o‘ziga yangi uy izlayotgandi. Men unga darhol qo‘ng‘iroq qildim va "Sen nimalar qilib yuribsan? "Real"dan ketmasliging kerak!", dedim.

"Portu"da o‘ynash Iker darajasidagi futbolchi uchun Ispaniyadagi uchinchi divizion jamoasida o‘ynash bilan barobar. Jahon chempioni uchun o‘z faoliyatini "Portu" kabi jamoada yakunlash yarashmaydi.

U o‘zi istagan jamoada faoliyatini yakunlashi mumkin edi. Men hatto u "Barselona"ga o‘tib, futbolchilik faoliyatining oxirgi davrini o‘sha yerda o‘tkazishiga ham qarshi emasdim. Bu jamoani "Real"dagidan farqli ravishda haqiqiy jyentlmenlar boshqarishadi", deydi Karmen xonim.

Top