20:30 / 12.07.2015
12497

KUN.UZ saytining o‘quvchilari diqqatiga!

Aziz foydalanuvchilar! Kuni-kecha Kun.uz saytida yangiliklarni o‘quvchilarga tezkor va qulay ravishda yetkazib berish uchun Telegram messenjerida saytning o‘z guruhi ochilganini ma'lum qilgandik.
Bu xizmat endi yo‘lga qo‘yilayotgani sababli ba'zi texnik nosozliklar vujudga kelmoqda. Biroq, siz aziz foydalanuvchilar, bundan hech ham xavotirlanmang. Buning bir nechta sabablari bo‘lishi mumkin. Quyida shunday muammolarni bartaraf etish bo‘yicha maslahatlar va izohlar berib o‘tilgan:
1. Guruhga qo‘shilish uchun messenjerdan @KunuzBot akkauntini topish yoki https://telegram.me/KunUzBot manziliga o‘tib, unga /start so‘zini yuborish kerak bo‘ladi.
Ushbu funksiya Telegram’ning eng so‘nggi versiyalarida to‘liq va bexato ishlaydi. Shuning uchun messenjerning oxirgi versiyasini yuklab oling.
2. Ba'zida xabarlar foydalanuvchilarga 2-3 ta bo‘lib ketib qolishi kuzatilmoqda, bu texnik nosozlik bo‘lib, dasturchilarimiz bu muammoni bartaraf etish ustida ish olib bormoqdalar va umid qilamizki, bu nosozlik tez fursatlarda o‘z yechimini topadi.
3. Guruhga qo‘shilish uchun https://telegram.me/KunUzBot manzili orqali /start so‘zi yuborilgandan keyin sizga yangiliklar kelishni boshlaydi. Ularning kelishini to‘xtatish uchun xuddi shu manzil orqali /stop so‘zini yuborib, guruhni vaqtinchalik tark etish mumkin. Hozircha bu xizmatda ham nosozliklar kuzatilmoqda.
O‘ylaymizki, siz foydalanuvchilar bu noqulayliklarni to‘g‘ri qabul qilasiz, chunki biz bu xizmatni endi yo‘lga qo‘ymoqdamiz va albatta, har bir ishning boshida bo‘lganidek yo‘l-yo‘lakay ba'zi muammolarga duch kelmoqdamiz. Ishonamizki, bu muammolar bartaraf etilgandan keyin siz xizmatdan bekamu-ko‘st foydalana olishingiz mumkin bo‘ladi.

Top