09:22 / 12.07.2015
1822

"Latsio" bilan shartnomasini bir tomonlama bekor qilgani uchun Sarate sobiq jamoasiga 5,9 mln yevro to‘laydi

“Vest Xem”ning argentinalik 28 yoshli hujumchisi Mauro Sarate hakamlik sudida “Latsio”ga qarshi ishni yutqazib qo‘ydi.

FIFA 28 yoshli hujumchiga amaldagi shartnomani bir tomonlama bekor qilgani uchun Rim klubiga 5,9 mln yevro to‘lash majburiyatini yukladi.

Sarate ushbu summani “Latsio”ga 30 kun ichida to‘lab berishi kerak. Futbolchi bu qaror bo‘yicha apellyatsiya berish huquqiga ega.

Ma'lumot uchun, Sarate 2013 yilda shartnomasining tugashidan bir yil avval “Latsio”ni tark etgan. Sarate 2013-2014 yillar mavsumida "Vest Xem" tarkibida atigi 7ta o‘yinda maydonga tushgan va 2ta gol urgan. O‘tgan mavsumda esa u "KPR" jamoasiga ijaraga berib yuborilgandi. Bu jamoada Sarate 4ta o‘yinda zaxiradan maydonga tushirilib, jami 18 daqiqa o‘ynagan.

Top