13:50 / 12.07.2015
5879

Pekinda issiqlik xavfining "zarg‘aldoqrang" darajasi e'lon qilindi

Xitoy poytaxti Pekin shahrida issiqlik xavfliligining "zarg‘aldoqrang" darajasi e'lon qilindi.

Xitoy markaziy televideniyesida ma'lum qilinishicha, 12-13 iyul kunlari Pekin shahrida harorat 38-39 darajaga ko‘tariladi.

"Kunning issiq vaqtida sport bilan shug‘ullanish va og‘ir jismoniy mashqlar bajarish tavsiya qilinmaydi. Ishlab chiqarish korxonalarida ish vaqtini qisqartirish tavsiya qilinadi", deyiladi meteorologiya xizmati xabarida.

Ma'lumot uchun, Xitoyda ogohlantirishning 4 darajasi qabul qilingan bo‘lib, "zarg‘aldoqrang" darajasi "ko‘k" va "sariq" darajadan yuqorida, "qizil" darajadan quyida turadi.

Top