17:23 / 12.07.2015
4920

Pushkov: Ukrainaga qurol-aslaha yetkazib berish borasida Kiyev boshqacha, Obama boshqacha gapirmoqda

Rossiya Davlat dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha rahbari Aleksey Pushkov Ukrainaga qurol-aslaha yetkazib berilishi borasida kimning aytayotgan gapiga ishonish kerakligi haqidagi masalani ko‘tarmoqda.

“Ukrainaning AQShdagi elchisi Chaliy Ukraina allaqachon AQSh va Yevropaning 10ta davlatidan qurol-aslaha olayotganini aytmoqda. Obama ma'muriyati buni tan olmayapti. Kimga ishonish kerak?”, deb yozmoqda siyosatchi o‘zining tvitterida.

“AQSh Obamaning aytayotgan gaplariga qaramay, maxfiy tarzda Ukrainaga qurol-aslaha yetkazib berishi mumkinmi?”, deb o‘z so‘zini davom ettiradi Pushkov.

Pushkovning fikricha, AQSh bu ma'lumotni yoki tasdiqlashi, yoki inkor etishi kerak.

Avvalroq Ukrainaning AQShdagi yangi elchisi Valeriy Chaliy Ukraina faol ravishda G‘arbning 10dan ortiq davlatidan qurol-aslaha, jumladan qirg‘in qurolini olayotganini e'lon qilgan. Bundan tashqari, elchining aytishicha, AQShda Ukrainaga ko‘proq qurol-aslaha yetkazib berish fikri keng ravishda qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Top