17:34 / 12.07.2015
3690

Ramos va Cherishev "Real" bilan Avstraliya turnesiga yo‘l oldi

"Real" jamoasi Avstraliyada o‘tkaziladigan mavsumoldi turnega olib ketilgan futbolchilar nomini ma'lum qildi.

Bu tarkibda yozgi transferlar vaqtida boshqa jamoaga transfer qilinishi haqida ma'lumotlar mavjud bo‘lgan Serxio Ramos hamda Denis Cherishev nomi ham qayd etilgan. "Qirollik klubi" Avstraliyaga yetib borishdan oldin Xitoy va Germaniyada ham bo‘ladi.

Krishtianu Ronaldu esa, alohida parvoz qilib, Melburnga keyinroq yetib borishi aytilgan.

Jamoaning Avstraliyadagi mashg‘ulot yig‘inlari 18 iyuldan 9 avgustgacha o‘tkaziladi. Bu muddat ichida "Real" 7ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishni rejalashtirgan.

Darvozabonlar: Navas, Pacheko, Yanes
Himoyachilar: Varan, Pepe, Ramos, Nacho, Marselu, Karvaxal, Arbeloa, Danilu
Yarim himoyachilar: Kroos, Beyl, Lukas Silva, Modrich, Cherishev, Isko, Ilyarramendi, Markos Lorente, Lazo, Edegor
Hujumchilar: Benzema, Vaskes, Xese.

Top