02:32 / 12.07.2015
19834

Ruslan Chagayev birinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratdi

Superog‘ir vazn toifasining WBA (Regular) versiyasi kamari sohibi o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev (33-2-1, 20 KO) Germaniyaning Magdeburg shahrida Franchesko Pianetta (31-1-1, 17 KO) bilan jang olib borib, birinchi raundning o‘zidayoq raqibini ikki marotaba nokdaun holatiga tushirib g‘alaba qozondi.

Chagayev ikki marta chap qo‘li bilan aniq zarba berdi va raqibini uzil-kesil ringga qulatdi. Shundan so‘ng jang to‘xtatildi. 

Shu tariqa Ruslan Chagayev Superog‘ir vazn toifasining WBA (Regular) versiyasi kamarini munosib ravishda himoya qildi.

Top