10:42 / 12.07.2015
2105

Xingis va Soniya Mirza Uimbldon turnirining juftlik bahslarida g‘olib bo‘lishdi

Londonda yakuniga yetib borayotgan “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Uimbldon” turnirining ayollar o‘rtasidagi juftliklar musobaqasida ham g‘olibalar aniqlandi. Hal qiluvchi final uchrashuvida zafar quchgan shveysariyalik 34 yoshli Martina Xingis hindistonlik dugonasi Soniya Mirza bilan birgalikda bosh mukofotni qo‘lga kiritdi.

Ular 2 soatu 24 daqiqa davom etgan final bellashuvida rossiyalik tennischilar – Yekaterina Makarova va Yelena Vesnina juftligidan 5:7, 7:6(6), 7:5 hisobida ustun kelishdi. Bu g‘alaba ikki tennischiga 340 ming funt sterling mukofot puli hamda 2000 reyting ochkosini taqdim etdi.

Shu tariqa Martina Xingis 17 yildan keyin yana Uimbldon bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Uimbldon. Ayollar juftligi

FINAL

Martina Xingis (Shveytsariya)/Soniya Mirza (Hindiston) – Ye. Makarova (Rossiya)/Yelena Vesnina (Rossiya) - 5:7, 7:6 (4), 7:5


Top