17:18 / 13.07.2015
4617

Bobbi Braun oltinchi marta ota bo‘ldi

Qo‘shiqchi Bobbi Braun oilasida oltinchi farzand tug‘ildi.

Mirror nashrida yozilishicha, Bobbi Braunning hozirgi rafiqasi Alisiya Eterij unga qiz tug‘ib bergan. Braunning ikkinchi rafiqasidan Kassius ismli 5 yoshli o‘g‘li ham bor.

Bobbi Braunning avvalgi turmushidan bo‘lgan katta qizi, 22 yoshli Kristina Braun iyun oyida yarim yillik koma holatidan chiqib, uyiga jo‘natilgandi.

Top