10:05 / 13.07.2015
5362

Foreign Policy: Rossiya va Xitoy Shanxaydan Peterburggacha bo‘lgan hududda ittifoq qurmoqda

Xitoy va Rossiyaning umumiy manfaatlari ularning Markaziy Osiyo mintaqasi rivojlanishiga bo‘lgan umumiy qarashlarida namoyon bo‘ladi, deb hisoblaydi Foreign Policy nashri tahlilchisi Reyd Stendish.

Uning fikricha, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi va Ipak yo‘li iqtisodiy kamari mintaqaviy dasturlarining o‘zaro o‘xshashligi ularning kelajakda birlashishtirilishi va ikki davlatning manfaatlariga xizmat qilishini taqozo etmoqda.

Ufada bo‘lib o‘tgan sammit chog‘ida ikki davlat rahbari Markaziy Osiyo orqali avtomobil yo‘llari, gaz quvurlari qurilishini kelishib olishdi. Bu loyihalar bir necha milliard dollarga baholanmoqda. O‘z navbatida Yevrosiyo ittifoqi taraqqiyoti doirasida Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston kabi davlatlarning taraqqiyotiga ham jiddiy e'tibor beriladi.
Barcha loyihalar ShHT rahnamoligida amalga oshiriladi. Shu tariqa ShHT, Stendishning fikricha, Shanxaydan Sankt-Peterburgga qadar cho‘zilgan ulkan ittifoqqa aylanadi.

Top