10:02 / 13.07.2015
1918

Gretsiyaga moliyaviy yordam dasturi 90 mlrd yevroni tashkil qilishi mumkin

Yevropa davlatlari sammitida ishtirok etgan mas'ul shaxslardan birining bergan ma'lumotiga qaraganda, Gretsiyaga moliyaviy yordam ko‘rsatish dasturi 90 mlrd yevroni tashkil qilishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Bunga javoban Gretsiya hukumati tez sur'atlarda struktur islohotlarni o‘tkazishi talab qilinadi.

Ushbu paketda Xalqaro valyuta jamg‘armasining ulushi 16 mlrd yevroni tashkil qiladi, qolgan qismi esa Yevropa barqarorlashtirish mexanizmi orqali realizatsiya qilinadi.

Top