16:19 / 13.07.2015
3347

Jizzaxda bir tanishining mashinasini boshqasiga noqonuniy sotib yuborgan qallob qo‘lga olindi

Jizzaxlik Bekzod Mansurov do‘sti Sh. Avazovning Lacetti mashinasini sotmoqchi bo‘lib yurganini eshitib, undan mashinani olishga qaror qildi. Do‘stlar erishgan kelishuvga ko‘ra, Mansurov dastlab 8 ming dollar berib, qolgan pulni har oy bo‘lib to‘lab borishi kerak edi. Ammo u uch oy davomida Avazovga 3 ming dollar berib, shu bilan undan qochadigan bo‘lib qoldi.

“Huquq” nashrining yozishicha, Mansurov boshqa tanishi E. O‘roqov mashina sotib olmoqchi ekanligini eshitib, Lacetti’ni unga 17 ming dollarga sotib yubordi. Ammo mashina o‘ziga tegishli bo‘lmagani bois hujjatlarni soxtalashtirdi.
Jabrlanuvchilar birgalikda prokuraturaga murojaat qilib, qallobning qo‘lga olinishiga erishdilar. Mashina va pullar egalariga qaytarildi.

Top