16:36 / 13.07.2015
5866

Namanganda tibbiyot kolleji o‘qituvchisi 1.2 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Namangan shahridagi tibbiyot kollejlaridan birida uzoq yillardan buyon dars berib kelgan 50 yoshli Muazzam Samatova 1.2 ming dollar pora olish paytida qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilishicha, tanishlaridan biri unga qo‘ng‘iroq qilib, 3ta jiyani borligi va barchasi tibbiyot kollejiga o‘qishga kirishi kerakligini, ammo ulardan birining 9-yillik maktabni tamomlagani va hujjatlarida muammosi borligini aytgan. Samatova undan pul tama qilgan. Porani Samatova tanishi Shohida ismli ayol orqali olgan. Ammo pullarni olish jarayonida huquq-tartibot xodimlari uni qo‘lga olgan.

Top