13:17 / 13.07.2015
4224

OAV: Slutskiy Rossiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo‘ldi

Moskvaning TsSKA jamoasi bosh murabbiyi Leonid Slutskiy Rossiya terma jamoasini boshqaradi. Bu haqda sport-inside nashrining tvitterida xabar yozilgan.

Manbaning ma'lum qilishicha, Slutskiy TsSKAdagi ishidan ajralmagan holda milliy terma jamoani Yevro-2016 turniri saralash bosqichidagi o‘yinlarga tayyorlaydi.

Xabarda u bilan 2016 yilgi Yevropa chempionati yakunigacha shartnoma tuzilgani aytilgan.

Biroz oldinroq, mashhur futbol jurnalisti Nobel Arustamyan terma jamoaning hozirgi murabbiyi Fabio Kapello yaqin vaqt ichida iste'foga chiqarilishi haqida aytgandi.

Top