18:50 / 13.07.2015
2987

Politsiya Parij yaqinidagi do‘kondan 18 asirni ozod qildi

Parij yaqinidagi Vilnev-la-Garenn shaharchasida joylashgan Primark do‘konida sodir etilgan qurolli talonchilikdan so‘ng 18 kishi evakuatsiya qilingan. Bu haqda Le Parisien nashri xabar bermoqda.
Evakuatsiya mahalliy vaqt bilan 10:30da amalga oshirilgan. Asirlardan hech kim jarohat olmagan.
Ayni paytda talonchilar qidirilmoqda.
Ilgariroq Quartz savdo markazi ichida joylashgan do‘konga 3ta qurolli shaxs hujum qilgani xabar qilingan edi.

Top