16:30 / 13.07.2015
6802

Qo‘qon sartaroshxonalaridan birida chiqqan janjal o‘lim bilan yakunlandi

Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi 23 yoshli Qahhor ismli yigit sartaroshxonada mahalladoshi Haydar bilan talashib qolib, unga musht ko‘tardi. Bundan g‘azablangan Haydar akasini telefon orqali chaqirdi.
Qahhor uyga kirib, pichoq ko‘tarib chiqdi va Haydarni kechki payt kimsasiz bo‘lgan maktab hovlisiga boshladi. Bu payti Haydarning akasi Bekzod do‘sti Muhsin bilan voqea joyiga yetib keldi. Bolalarning to‘planib turganini ko‘rgan mahalladosh Mahmud aka janjalni to‘xtatish uchun maktab oldiga yo‘l oldi.
Qahhor Bekzodga tashlanib, uning qorniga pichoq sanchdi va panjara oshib qochib ketdi. Mahmud aka darhol voqea joyiga tez tibbiy yordam mashinasini chaqirdi. Ammo Bekzodning shifoxonaga yetib bormasdan joni uzildi.
“Huquq” nashrining yozishicha, Qahhor qo‘l urgan qotilligi uchun 16 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Top