16:21 / 13.07.2015
2532

Samarqandda 172.5 tonna bug‘doyni noqonuniy sotib yuborgan rahbar qamaldi

“Samarqanddon” OAJga qarashli “Nuroboddon” filialiga rahbar etib tayinlangan Qahramon Sharipov tarozibon, qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i va soqchilar bilan til biriktib, 172 tonna 500 kg bug‘doyni noqonuniy sotib yuborganlikda ayblanmoqda. “Huquq” nashrining yozishicha, ushbu bug‘doyning bozor narxi 140.242 mln so‘mni tashkil qilgan.
Gazetada Sharipovning turli usullar bilan bug‘doyni sotgani, bu boradagi ma'lumotlarni soxtalashtirgani haqida batafsil ma'lumot keltirildi. Unga bu ishda soqchilar va tarozibon yordam berishgan: tarozibon o‘lchov ma'lumotlarini soxtalashtirsa, qo‘riqlash qismi hududdan noqonuniy olib chiqib ketilgan mahsulotni o‘tkazib yuborish vazifasini bajargan.
Barcha aybdorlar sud qilinib, jazoga tortilgani aytilmoqda.

Top