08:26 / 13.07.2015
2366

Sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston vakillari yana 3ta medal olishdi

Myanma davlatida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatining uchinchi kungi bahslari yakuniga yetdi.

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasining axborot xizmati bergan xabarga ko‘ra, uchinchi kungi bellashuvlardan keyin O‘zbekiston terma jamoasi hisobidagi medallar soni 5taga yetgan.

Ikkinchi kungi bahslarda yunon-rum kurashi bo‘yicha 50 kg vazn toifasida finalga chiqqan Javohir Mirahmedov oltin medalni ko‘ksiga taqqandi. Uchinchi kungi bahslarda esa Xolbozor Norboyeva (63 kg) qizlar o‘rtasida erkin kurash bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medalga ega chiqqan. Erkin kurash bo‘yicha 50 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Hojiakbar O‘tkirov esa uchinchi bo‘lib, bronza medal bilan kifoyalangan.

Musobaqaning birinchi kunida yunon-rum kurashi bo‘yicha Aram Vardanyan (66 kg) hamda Zayniddin Qamariddinov (60 kg) kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishgani haqida oldinroq xabar berilgandi.

Top