17:49 / 14.07.2015
2256

Arsen Venger: O‘zil - «Arsenal» futbolchisi va boshqa jamoaga o‘tmoqchi emas

"Arsenal" klubi bosh murabbiyi Arsen Venger yarim himoyachi Mesut O‘zil "Yuventus"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarni inkor etdi.

"O‘zil - "Arsenal" futbolchisi va shu jamoa safida qoladi.

U mavsumni juda yaxshi o‘tkazdi va garchi birinchi davrada muammolarga duch kelgan bo‘lsa-da, ikkinchi davrada ajoyib o‘yin namoyish qildi.

O‘zil ingliz futboliga batamom moslashdi va himoyada ham ko‘proq ishlamoqda. U o‘z ustida ko‘p ishlaydi va yuqori saviyadagi futbolchi ekanini isbotlab kelmoqda", - deydi Venger.

Top