15:40 / 14.07.2015
3706

Isroil Eron bilan erishilgan kelishuvni tanqid ostiga oldi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eron yadroviy dasturi bo‘yicha qaror qabul qilinishini tanqid ostiga oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
“Eronga yadroviy qurol yo‘li ochildi. Bu boradagi ishlanmalarni nazorat qiluvchi ko‘pgina cheklovlar bekor qilindi”, – dedi Isroil yetakchisi Niderlandiya TIV rahbari bilan Quddusda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.
“Bu kelishuv yirik tarixiy miqyosdagi xatodir”, — xulosa qildi Netanyaxu.
Ilgariroq Eron hamda vositachilar oltiligi yadroviy dastur bo‘yicha kelishuvga erishgani xabar qilingan edi. Eron vakillari kelishuv amalga oshganini tasdiqladi. Ta'kidlanishicha, yakuniy uchrashuv bugun bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra matbuot anjumani uyushtiriladi.

Top