18:45 / 14.07.2015
3707

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning O‘zbekistonga tashrifi 1 kunga kechiktirildi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ishchi tashrif bilan Toshkentga 15 iyul kunida keladi. Bu haqda Rossiya TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Oldinroq Sergey Lavrov O‘zbekistonga 14 iyulda kelishi xabar qilingandi.

Sergey Lavrov ishchi tashrifi davomida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning qabulida bo‘ladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Mazkur muzokaralar davomida ikki tomon kun tartibi va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Top