19:31 / 14.07.2015
2210

Tbilisida yuz bergan portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Tbilisi chekkasida tabiiy gaz portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Novosti” axborot agentligi.

Voqea shahar chekkasidagi Gldani tumanida sodir bo‘ldi. Portlash oqibatida turar-joy binosining bir qismi qulab tushdi, binoning qolgan qismida oynalar sniib tushgan.

Voqea joyida politsiyachilar va shifokorlar ishlamoqda. Uydagi barcha aholi xavfsiz joyga ko‘chirildi.

Top