07:07 / 14.07.2015
1836

Tevesning "Boka Xuniors"dagi taqdimotiga 50 ming muxlislar tashrif buyurdi

13 iyul kuni oqshomida Argentina poytaxti jamoasi "Boka Xuniors" jamoasi stadionida Karlos Tevesni jamoaning yangi hujumchisi sifatida tanishtirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

"Estadio Alberto Xakinto Armando" nomli o‘yingohga bu marosimni kuzatish uchun 50 ming muxlis tashrif buyurgan. Bu haqda "NTV-Plyus" telekanali sharhlovchisi hamda Tevesning sobiq jamoasi "Yuventus" muxlisi bo‘lmish Nobel Arustamyan o‘z tvitterida ma'lum qildi.

Qayd etish joizki, Karlos Teves Yevropaga yo‘l olishidan oldin aynan "Boko Xuniors" jamoasida 2000 yildan 2004 yilgacha to‘p surgan edi va uning qaytishi muxlislar tomonidan munosib kutib olindi.

Top