10:45 / 14.07.2015
2959

Tojikiston va Qirg‘iziston hamkorlikda chegara mashg‘ulotlari o‘tkazmoqda

Tojikiston va Qirg‘iziston chegarachilari 11-12 iyul kunlari hamkorlikda chegara zonalaridagi ixtiloflarni bartaraf qilish bo‘yicha harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Qirg‘iziston davlat chegara xizmati vakillarining ma'lumot berishicha, o‘quvlar Batken viloyatining Ekitoshida o‘tkazildi.
Harbiy xizmatchilar ixtiloflarni qurol qo‘llamasdan hal qilish va hamkorlikda harakat qilish bo‘yicha malakalarini oshirdilar.
Ikki davlat o‘rtasidagi 978 km li chegaraning 448 km hududida vaziyat nazorat ostiga olinmagani va chegaralarni o‘tkazishda muammolar borligi tufayli ikki davlat o‘rtasida ba'zan kichik ixtilofli vaziyatlar kelib chiqadi.

Top