13:30 / 14.07.2015
2956

Xabarovsk o‘lkasida Tu-95 rusumli harbiy samolyot qulab tushdi

14 iyul kuni Xabarovsk o‘lkasi hududida Rossiya Harbiy-havo kuchlariga tegishli Tu-95 rusumli harbiy bombardimonchi samolyot qulab tushdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bergan.

"Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, samolyotdagi 7 nafar ekipaj a'zosi halokatdan oldin samolyotni tark etishga ulgurgan", deyiladi xabarda.

Halokat Xabarovskdan 80 km masofada sodir bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, samolyot rejali o‘quv parvozini amalga oshirayotgan bo‘lgan.

Ayni vaqtda hududda An-12 patrul samolyoti Tu-95 qoldiqlarini izlash ishlari bilan shug‘ullanmoqda.

Top