15:35 / 14.07.2015
2534

Yaponiya O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishga tayyor

2015 yilnign 13 iyul kuni O‘zbekiston TIVda Yaponiya tashqi ishlar vaziri parlamentar o‘rinbosari Kentaro Sonoura bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muzokaralar yakunlariga ko‘ra yaponiyalik mehmon “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyusida Yaponiya O‘zbekiston bilan aloqalarni kengaytirishga tayyorligini ta'kidlab o‘tdi.

“Ayni paytda Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatdor aloqalar o‘rnatilgan, – ta'kidladi Sonoura. – Suhbat asnosida biz o‘zaro hamkorlikning keyingi istiqbollarini muhokama qildik”.

Yaponiya va O‘zbekiston nafaqat ikki tomonlama, balki mintaqaviy, mintaqalararo va xalqaro darajada ham aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Xususan, “Markaziy Osiyo+Yaponiya” dialogi formatida, BMT doirasida hamkorlik rivojlanib bormoqda.

“Yaponiya hamkorlikni yanada kengaytirib borishga tayyor, birinchi navbatda, savdo va iqtisodiy yo‘nalishdi. Bundan tashqari, mamlakatimiz bundan keyin ham O‘zbekistonga “Rivojlanishga rasmiy yordam” dasturi doirasida qo‘shma loyihalarni realizatsiya qilishda amaliy yordam ko‘rsatishda davom etadi”, – dedi yaponiyalik siyosatchi.

Top