17:26 / 15.07.2015
2163

2015 yili Eron neft olishni ko‘paytirmoqchi

Eron milliy neft kompaniyasi shu yilning o‘zidayoq barcha mavjud konlarda neft qazib olishni ko‘paytirishini ma'lum qildi. Bu haqda mahalliy Shargh gazetasi yozmoqda.

Fitch xalqaro reyting agentligi ekspertlarining fikricha, Eronda neft ishlab chiqarishning tiklanishi keyingi yildayoq tugallanadi. Ammo sanksiyalar joriy qilinguniga qadar bo‘lgan ko‘rsatkichlarga yetib olish uchun Eronga yana bir necha yil kerak bo‘ladi.

Hozir Eron kuniga 1.1 mln barrel neft eksport qiladi. 2012 yili bu ko‘rsatkich 2.5 mln barrelga teng edi.

Top