17:57 / 15.07.2015
3205

Davlat raqobat qo‘mitasi va Xalqaro moliya korporatsiyasi korxonalarni xususiylashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasi tayyorlamoqda

13 iyul kuni Davlat raqobat qo‘mitasida Xalqaro moliya korporatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Delegatsiyaga Yevropa, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq moliyaviy sektoriga investitsiyalar kiritish bo‘yicha bosh ekspert Nataliya Bogomolova rahbarlik qildi.
Uchrashuvda shuningdek qo‘mita raisi Davron Hidoyatov, O‘zbekiston markaziy banki raisi o‘rinbosari Ahad Haydarov hamda qo‘mitaning bir qator mas'ul va rahbar xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuv chog‘ida XMK mutaxassislarining davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayoniga, korporativ boshqaruvning rivojlanishiga, mavjud qonunchilik bazasini takomillashtirish, xorijiy investorlar ishtirokida tender tanlovlari o‘tkazishga yordam berishi masalalari muhokama qilindi.

Top