10:44 / 15.07.2015
2791

Donald Tramp amerikaliklar orasidagi nufuzi bo‘yicha Bushni ortda qoldirmoqda

AQSh prezidentligi uchun nomzodlardan biri bo‘lmish Donald Tramp aholi orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Respublikachilar partiyasidan o‘z nomzodini qo‘ygan vakillar orasida g‘alaba qilish uchun ko‘proq imkoniyatga egaligi ma'lum bo‘ldi.

Huffington Post nashrida yozilishicha, 12 iyul kuni respublikachi nomzodlar bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnomada Tramp 17,7 foiz ovoz olgan, Jyeb Bush tarafdorlari esa 13,9 foizni tashkil etgan.

"Bu juda yaxshi", deb yozadi Tramp o‘z tvitterida bu natijalarga munosabatini bildira turib.

Qayd etilishicha, aholi orasida uning nufuzi oshishiga yadroviy dastur bo‘yicha Eron bilan kelishuvning amalga oshirilishini "Eron AQSh ustidan kuldi" deya talqin qilgani sabab bo‘lgan.

Top