14:47 / 15.07.2015
4410

Favqulodda vaziyatlar vazirligi: issiqlik O‘zbekiston iqlimiga xosdir

Yoz mavsumida O‘zbekistonda havo haroratining oshib ketishi hayratlanarli hol emas, deb hisoblaydi favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.
12 iyuldan O‘zbekiston Turkmaniston hududidan Eronda boshlangan issiq havo kirib kelmoqda. Bu joriy haftaning oxiriga qadar davom etadi. Ertalab havo harorati 42-44 darajani tashkil qiladi.
Vazirlik mutaxassislarining ma'lum qilishicha, yoz mavsumida har yili O‘zbekistonda havo issiq bo‘ladi, va hatto alohida kunlarda havo harorati 40 darajadan oshib ketishi mumkin.
Ammo havoning bu darajada issiq bo‘lishi uzoq muddat davom etmaydi. Oxirgi 10 yil davomida bu yilgiga o‘xshash holat 2013 yilning iyul-avgust oylarida kuzatilgan edi. Bu davrda respublika bo‘yicha issiq harorat 5-7 kun davom etib, ertalablari 40-43 darajani tashkil qilgan edi.
Havoning uzoq muddat issiq turishi issiqlik va quyosh urishi, ovqatdan zaharlanish, yonuvchi moddalarda o‘z-o‘zidan o‘t kelib chiqish xavfini oshiradi. Shu bois vazirlik bunday tahdidlardan aholini ogoh qilish maqsadida uyali aloqa kompaniya abonentlariga muntazam ravishda SMS xabarlar yo‘llab turibdi. Bu ish profilaktika maqsadlarida amalga oshirilmoqda va birinchi navbatda odamlarning o‘zi xavfsizlik choralarini ko‘rishiga qaratilgan.
Bundan tashqari, favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tegishli idora va vazirliklar bilan hamkorlikda mahallalarda, yozgi oromgohlarda, dam olish zonalari, savdo va ovqatlanish nuqtalarida issiq kunlarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Top