14:03 / 15.07.2015
2450

Kerri va Zarif Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatildi

Stokgolm xalqaro tinchlik masalalari tadqiqoti instituti Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif va AQSh davlat kotibi Jon Kerri nomzodini tinchlik uchun Nobel mukofotiga ko‘rsatdi. Bu haqda IRNA agentligi xabar bermoqda.
Institut ushbu siyosiy arboblarning Eron yadroviy dasturi atrofidagi masalalarni hal qilishdagi o‘rnini munosib baholash tarafdoridir.
Ilgariroq Eron hamda vositachilar oltiligi yadroviy dastur bo‘yicha kelishuvga erishgani xabar qilingan edi. Eron vakillari kelishuv amalga oshganini tasdiqladi. Yakuniy uchrashuv bugun bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra matbuot anjumani uyushtiriladi.

Top