15:31 / 15.07.2015
1883

Nigeriya terma jamoasiga Sandey Olise yangi bosh murabbiy bo‘ldi

Nigeriya futbol federatsiyasi rasmiy saytida terma jamoaning sobiq futbolchilaridan biri Sandey Olise jamoaning yangi bosh murabbiyiga aylangani ma'lum qilindi.

Sandey Olise bu lavozimni biroz oldinroq tark etgan Stiven Kesh o‘rnini egallagan.

Ma'lumot uchun, Olise terma jamoadagi ishtiroki davomida 1994 yilda Afrika Millatlar kubogida g‘alaba qozongan va 1994 hamda 1998 yilgi jahon chempionatlarining chorak finallariga chiqqan.

Top