09:54 / 15.07.2015
2096

Nyu-Yorkda 4 qavatli binoning qulashi oqibatida 3 kishi jabrlandi

Nyu-Yorkning Bruklin tumanida ertalabki payt 4 qavatli binoning qulashi oqibatida 3 kishi jabrlandi. Barcha jabrlanganlar binodan tashqarida bo‘lganlar. Bino avariyaviy holatda bo‘lgani uchun uning ichida hech kim bo‘lmagan.

Shahar o‘t o‘chirish xizmati rahbari o‘rinbosari Ueyn Kartraytning aytishicha, binoning qulashi oqibatida ko‘cha bo‘ylab sochilib ketgan bino qoldiqlaridan voqea joyidan o‘tib ketayotgan velosipedchi va uncha uzoqda bo‘lmagan 2 nafar yo‘lovchi yengil jarohatlar olgan.

Binoning holati uning qulashiga asosiy sabab bo‘lgan bo‘lishi ehtimol qilinmoqda. Bino eskirgan va yaqin kunlarda buzilishi kerak bo‘lgan. Binoda elektr va gaz ta'minoti uzib qo‘yilgan edi.

Voqea oqibatida metroning yo‘nalishlaridan birida elektropoyezdlar harakatida muammolar vujudga kelgan.

Top