09:49 / 15.07.2015
4789

Obama: Eron bo‘yicha kelishuvga Rossiyasiz erishib bo‘lmas edi

Rossiyaning vositachilar oltiligi bilan birgalikda harakat qilish niyati bo‘lmaganida Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘lmas edi. Bu haqda AQSh prezidenti Barak Obama The New York Times gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Biz Rossiyaning vositachilar oltiligi bilan birgalikda harakat qilish niyati bo‘lmaganida Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvga erisha olmas edik”, – ta'kidlab o‘tdi AQSh yetakchisi.

Uning so‘zlariga qaraganda, Putin bir necha hafta muqaddam unga qo‘ng‘iroq qilgani va Suriya masalasida suhbat qilganidan Obama juda ruhlangan. Rossiya Bashar Asad rejimining kuch yo‘qotayotganini, Suriya hududi bo‘linib ketayotganini va hokimiyat ag‘darilishi xavfi borligini nihoyat tushunib yetdi.
“Bu bizga jiddiy suhbat o‘tkazish imkonini berdi”, – ta'kidladi AQSh yetakchisi.

Top