09:51 / 15.07.2015
7959

Obama Putinning Suriya masalasidagi qo‘ng‘irog‘idan ruhlanganini aytdi

AQSh prezidenti Barak Obama rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinning Suriya masalasidagi qo‘ng‘irog‘idan ruhlanganini tan oldi.

“Putin menga bir necha hafta muqaddam qo‘ng‘iroq qilgani va Suriya masalasida suhbat qilganidan juda ruhlandim”, – dedi u The New York Times gazetasiga bergan intervyusida.

Obamaning aytishicha, Rossiya Bashar Asad rejimining kuch yo‘qotayotganini, Suriya hududi bo‘linib ketayotganini va hokimiyat ag‘darilishi xavfi borligini nihoyat tushunib yetdi.

“Bu bizga jiddiy suhbat o‘tkazish imkonini berdi”, – ta'kidladi AQSh yetakchisi.

Top