16:03 / 15.07.2015
3398

Shvetsiya elchisi O‘zbekistondagi faoliyatini yakunlamoqda

2015 yilning 15 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekistonda o‘z missiyasini yakunlayotgan Shvetsiya Qirolligining favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Stokgolm shahrida) Ake Peterson bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomon kun tartibidagi masalalar, turli sohalardagi hamkorlikning, jumladan “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” shaklidagi, BMT, YeXHT va boshqa tashkilotlar doirasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari hamda ba'zi xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot davomida munosabatlarni institutlashtirish va unga tizimli tus berish, O‘zbekiston va Shvetsiya ishbilarmon doiralari bevosita aloqalari ishtirokchilari tarkibini kengaytirish, madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarni faollashtirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta'kidlandi.

Uchrashuvda elchining O‘zbekiston-Shvetsiya muloqoti rivojiga qo‘shgan shaxsiy hissasi ta'kidlab o‘tildi.

O‘z navbatida Ake Peterson O‘zbekistondagi diplomatik missiyasida ko‘rsatilgan ko‘mak uchun o‘zining samimiy minnatdorchiligini izhor etdi.

Top