13:59 / 15.07.2015
6723

O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

2015 yilning 15 iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatga tashrif buyurgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIVning rasmiy sayti orqali ma'lumot berildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining dolzarb masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari hamda ba'zi xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot davomida 10-iyul kuni Ufa shahrida O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoniga alohida e'tibor qaratildi.
O‘zbekistonning 2015-2016 yillarda Shanxay hamkorlik tashkilotida raisligi doirasidagi hamkorlikdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi ta'kidlandi.
Uchrashuvda Rossiya Elchisi Vladimir Tyurdenev ishtirok etdi.

Top