14:51 / 15.07.2015
2196

Romario Braziliya futbolidagi korrupsiyani taftish qilish bo‘yicha Senat komissiyasiga rahbarlik qiladi

Braziliyalik sobiq hujumchi Romario milliy futboldagi korrupsiya holatlarini taftish qilish bo‘yicha Senat qoshida tuzilgan komissiyaga boshliq etib tayinlandi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.
27 may kuni FIFA tarixidagi eng katta korruptsion janjal ko‘tarildi. Bir guruh mansabdor shaxslar poraxo‘rlikda va korrupsiyada ayblanib, qo‘lga olindi. 7 nafar amaldagi, yana shuncha sobiq amaldorga nisbatan ayblovlar ilgari surildi. Qo‘lga olinganlar ichida Braziliya konfederatsiyasi prezidenti Xose Mariya Marin.
Shu munosabat bilan ushbu komissiya tashkil etildi.
Romarioning so‘zlariga qaraganda, komissiya Marin, tashkilotning amaldagi prezidenti Marko Polo del Nero hamda sobiq rahbarlardan biri Rikardo Teysheyraning faoliyatini taftish qiladi. Komissiya tashkilotning barcha hisoblarini ko‘zdan kechiradi hamda hujjatlarni o‘rganib chiqadi.

Top