10:19 / 15.07.2015
2281

Samolyot bomba haqidagi tvit tufayli Ummonda qo‘nishga majbur bo‘ldi

Hindistonning Jet Airways aviakompaniyasiga tegishli Mumbaydan Dubayga uchayotgan samolyot Ummonda favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. The Daily Mail nashrining yozishicha, bunga bomba haqidagi tvit sabab bo‘lgan.
Tvit muallifi bo‘lgan hindistonlik foydalanuvchi uning mikroblogiga xakerlar kirib olganini e'tirof etdi.
Yo‘lovchilarning buyumlari va yuklari nazorat qilingach, samolyot parvozni davom ettirdi.

Top