15:55 / 15.07.2015
2686

Sterling ingliz futbolchilari orasida eng qimmat narxga sotilgan futbolchiga aylandi

Rahim Sterlingning "Liverpul"dan "Manchester Siti" jamoasiga 49 mln funt evaziga transfer qilinishi Angliya futboli tarixiga ingliz futbolchilarining eng qimmat narxda sotilishi borasidagi rekord ko‘rsatkich sifatida kirdi.
 
Sterling "shaharliklar" jamoasi bilan 5 yillik shartnoma tuzgan. U bu yerda haftasiga 200 ming funt maosh oladi.
 
Ma'lumot uchun, ingliz futbolchilarining eng qimmat narxda transfer qilinishi borasidagi bundan oldingi rekord 2011 yilda Endi Kerrolning "Nyukasl"dan "Liverpul"ga 31 mln funt evaziga o‘tishi orqali o‘rnatilgandi.
Top