11:00 / 15.07.2015
5242

Toshkent-To‘ytepa avtomobil yo‘li bo‘ylab AYoQSh va mashina yuvish nuqtalari qurilmoqda

Toshkent-To‘ytepa avtomobil yo‘li uchastkasida keng miqyosli qurilish ishlari olib borilmoqda. O‘rtachirchiq tumanining Qumovul qishloq fuqarolar yig‘ini hududida namunali uylar, bolalar maydonchalari va stadionlardan tashqari, do‘konlar, tamaddixonalar, dorixonalar, poliklinikalar va boshqa obektlar qurilmoqda.
“Pravda Vostoka” gazetasining yozishicha, shu atrofda avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari va avtomobillarni yuvish nuqtalari qurilmoqda.
“Biz istiqbolli loyihalarga uzoqni ko‘zlab mablag‘ tikamiz, – dedi Yangi Turmush Farm Sanoat muassisi Bahodir Qurbonov. – Obektlar katta trassa bo‘yida qurilmoqda, bu yerda yo‘lovchi va yuk tashish oqimi yil sayin o‘sib bormoqda. Bunday yo‘l bo‘yida zamonaviy talablarga javob beruvchi infrastrukturaning yaratilishi muhimdir”.

Top