21:29 / 15.07.2015
9066

Yamandan 41 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi

Rossiya hukumati topshirig‘i bilan 15 iyul kuni Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining ikkita Il-76 rusumidagi yuk samolyoti Yamanga 46 tonna insonparvarlik yukini yetkazdi. Mamlakat poytaxti Sanoga turli oziq-ovqat mahsulotlari – go‘sht va baliq konservalari, bolalar ozuqalari va shakar yetkazildi.

Samolyotlar orqaga qaytishda Yamanni tark etishni istagan 118 nafar Rossiya, MDH va boshqa davlatlar fuqarolarini olib ketgan. Samolyot 15 iyul kechki payt Domodedovo aeroportiga kelishi kutilmoqda.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, Yamandan olib chiqib ketilganlar orasida 41 nafar o‘zbekistonlik, 39 nafar yamanlik, 16 nafar rossiyalik, 8 nafar ukrainalik, 3 nafar moldovalik va 1 nafar ozarboyjonlik fuqaro bo‘lgan.

Top